Avvalo asosiy narsa: to'lovingiz yo'qolmaydi. Har bir tranzaksiya raqam bilan qayd etiladi va kuzatiladi.

Eng ko'p uchraydigan sabablar

  1. Username xato kiritilgan — bitta harf yetishmaydi yoki ortiqcha. Eng ko'p uchraydigan sabab.
  2. Username yaqinda o'zgartirilgan — eski nomni ko'rsatgan bo'lsangiz, tizim uni topa olmaydi.
  3. Username umuman yo'q — profilda username o'rnatilmagan.
  4. To'lov tizimida qisqa kechikish — kamdan-kam, lekin bo'ladi (odatda 1–2 daqiqa).

Qadamlar tartibi

1-qadam. Telegram → Sozlamalar → Username bo'limiga kiring va nomingizni buyurtmadagi bilan belgima-belgi solishtiring.

2-qadam. To'lov chekini saqlab qo'ying:

  • Click'da: ilova → Tarix → tranzaksiya → tafsilotlar;
  • Payme'da: ilova → Tarix → to'lov → chek;
  • kartadan to'lagan bo'lsangiz: bankdan kelgan SMS.

3-qadam. @StarsPaymeeSupport'ga yozing va quyidagilarni ko'rsating:

  • username (aniq yozilishi bilan);
  • to'lov vaqti (soat va daqiqa);
  • to'lov usuli va summasi;
  • tranzaksiya raqami yoki chek skrinshoti.
Support 24/7 ishlaydi. Bunday holatlar odatda bir necha daqiqada hal bo'ladi: obuna to'g'ri username'ga qayta yuboriladi yoki muammo manbai aniqlanadi.

Nima qilmaslik kerak

  • Panik qilmang va bir xil to'lovni qayta-qayta amalga oshirmang — ikki marta to'lash muammoni ikki barobar oshiradi.
  • Kod bermang. Support hech qachon SMS-kod so'ramaydi. Kod so'ragan odam — support emas. Firibgarlik belgilari
  • Chekni o'chirmang — muammoni hal qilishning eng tez yo'li shu.

Premium keldi, lekin funksiyalar ishlamayaptimi?

Telegram ilovasini to'liq yopib qayta oching yoki chiqib-kiring. Ba'zan ilova statusni bir necha daqiqada yangilaydi. Agar shundan keyin ham ishlamasa — support'ga yozing.

Yetkazish vaqti me'yorlari: Premium qancha vaqtda faollashadi.

Telegram Premiumni ulang

Muddat va username tanlang. Yakuniy narx, mavjud to‘lov usullari va yetkazish sharti botda ko‘rsatiladi.